Xush kelibsiz, aziz fuqaro!

Viloyat DSENM o’z vakolati doirasida viloyat axolisini sanitariya-epidemiologik barkarorligini xotirjamligini ta’minlaydi.
DSENMning asosiy faoliyati quyidagi soxalarda sanitariya epidemiologiya nazoratini ta’minlash:
— atrof-muxit, atmosfera xavosi, suv, tuproqni ifloslanishlarini oldini olish, axolini sifatli xavfsiz suv bilan ta’minlash;
— kommunal obyektlar axvoli;
— Sanoat korxonalarida va qishloq xo’jaligida ishchilarning mexnat sharoitini yaxshilash maqsadida, kasb kasalliklarini, zaxarlanish xolatlarini qayd qilinishini oldini olish xamda kamaytirish;

<<<<<<< Batafsil >>>>>>>

Республикада фаолият юритаётган шаҳар ва туманлар Давлат санитария-эпидемиология назорати марказлари раҳбар ходимларининг билим ва малакасини ошириш бўйича ташкил этилган семинар-ҳисобот машғулотлари тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлигининг 2015 йил 23 июндаги 256-сонли буйруғи асосида жорий йилниг 29 июн — 9 июл кунлари Республикада фаолият юритаётган шаҳар ва туманлар Давлат санитария-эпидемиология назорати марказлари раҳбар ходимларининг билим ва малакасини ошириш тўғрисида 3 кунлик семинар-ҳисобот машғулотлари бўлиб ўтди. Batafsil »

ЎТКИР ЮҚУМЛИ ИЧАК КАСАЛЛИКЛАРИДАН САҚЛАНИНГ

 

Ёз фаслининг иссиқ кунлари бошланиши билан аҳоли орасида ўткир юқумли ичак касалликлари кўплаб учрайди, чунки ёз фасли ушбу касалликни қўзғатувчи микроблар ҳамда уларни ташувчи зарарли ҳашаротларни кўпайиб ривожланиши учун қулай шароит ҳисобланади. Batafsil »

Йогурт фойдаси тўғрисидаги таҳминлар афсонага айланди

yogurt

Йогурт фойдаси тўғрисидаги таҳминлар афсонага айланди. Йогуртни кўп  миқдорда истеъмол қилиш инсон организмига ижобий таъсир этиш даражаси  юқори эмаслиги аниқланди. Аксарият инсонлар сут маҳсулотларидан  мунтазам истеъмол қилиш, жумладан йогурт инсон организмига ижобий  таъсир қилади дея ишонадилар. Batafsil »

Фуқаролар учун юқумли касалликларни олдини олиш бўйича эслатма

Қутуриш касаллиги профилактикаси

   qutirgan_it

Сизни ит, мушук ёки бошқа ҳайвон тишласа, тирнаб олса ёки сўлаги тегса, дарҳол тиббиёт  муассасасига мурожаат қилинг.  Бу билан ўзингизни бедаво бўлган  қутуриш касаллигидан  асрайсиз. Batafsil »

 ЮҚУМЛИ САРИҚ КАСАЛЛИГИДАН САҚЛАНИНГ!

Аҳоли орасида “сариқ касаллиги” номи билан юритиладиган вирусли гепатит-А касаллиги жигарнинг жароҳатланиши билан кечадиган юқумли хасталикдир.

Касаллик аксарият ҳолатларда қуйидаги белгилар билан намоён бўлади:

  • Ҳолсизланиш, иситма, шамоллаш бегилари;
  • иштаҳа йўқлиги, қоринда оғриқ;
  • кўнгил айниши, қайт қилиш;
  • кўзнинг шиллиқ қавати, бадан териси ва сийдик рангининг сарғайиши.

Batafsil »

Ботулизм касаллигидан сақланинг!

img1 img2
Ботулизм — айрим ҳолларда ўлим билан тугайдиган, оғир турдаги овқатдан заҳарланиш бўлиб, уй шароитида тайёрланган помидор, бодринг, патиссон маринади, бақлажон икраси ва бошқа консерва маҳсулотларини истеъмол қилиш натижасида юзага келади.

Batafsil »

Yuridik va jismoniy shaxslarga diqqatiga

O‘zbekiston Respublikasida «Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida» qonun qabul qilinishi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachining «Sanitariya-epidemiologik xulosa berishga o‘tish to‘g‘risida” 2014 yil 14 iyuldagi 240-sonli buyrug‘i bilan joriy yilning 1 avgustidan boshlab mahsulotlarga berilayotgan «Gigienik sertifikat» o‘rniga «Sanitariya-epidemiologik xulosa» berish yo‘lga qo‘yildi.

Soglikni saqlash vazirligi tizimidagi Davlat sanitariya-epidemiologiya markazlarining akkreditatsiyadan utgan laboratoriya majmualari xodimlarini malakasini oshirish borasida Respublika DSENMida uquv kurslari tashkil etildi.

Batafsil »

Rotavirus infektsiyasi va uning profilaktikasi

O‘zbekistonda axolini emlash xar doim eng asosiy masalalardan biri sanalib, bugungi kunda xam sog‘liqni saqlash tashkilotlari oldida dolzarbligicha qolmoqda. Mustaqillik yillarida yurtimiz tibbiyot tizimining barcha yo‘nalishlarida bo‘lgani kabi sanitariya-epidemiologiya xizmati, jumladan yuqumli kasalliklarga qarshi kurash va ularni oldini olish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Respublikadagi emlash siyosati davlat qomusi va «Fuqaro salomatligini ximoyalash» va «Davlat Sanitariya nazorati” to‘g‘risidagi qonunga asoslangan bo‘lib, bunda xar bir fuqaro milliy emlash jadvali asosida va epidemiologik ko‘rsatma bo‘yicha bepul emlash bilan qamrab olinadi.

O‘zbekistonda immunizatsiya tadbirlarini amalga oshirishda bir qator yutuqlarga erishildi. Bugungi kunda chaqaloqlarni tug‘uruqxonalarda gepatitVga qarshi emlash tadbirlarini muntazam o‘tkazilayotganligi mazkur kasallik bo‘yicha xam bolalar o‘rtasida epidemik vaziyatni yanada yaxshilanishiga olib keldi. Shuningdek bolalar jadvalga asosan difteriya, ko‘kyo‘tal, stolbnyak, qizamiq, qizilcha, poliomielit, sil, epidparotit, xib- infektsiyaga qarshi rejali tartibda emlanayapti va 2014yil 16-iyundan boshlab rotavirus infektsiyasiga qarshi bolalarni 2 va 3 oylikda emlash sog‘liqni saqlash tizimida amaliyotga kiritildi. Batafsil »

Respublika DSENMda seminar — anjuman bo‘lib o‘tdi

Davlat sanitariya – epidemiologiya nazorati markazining majlislar zalida Ebola  virusi qo‘zg‘atadigan kasalligi (Ebola isitmasi)ning profilaktikasi mavzusida seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminar yig‘ilishida Respublika DSENM,
Virusologiya Ilmiy tekshirish instituti, Karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar
muhofaza markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi,
viloyatlar Sog‘liqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash Bosh
boshqarmasi bosh infektsionistlari, DSENM bosh vrachining epidemiologiya masalalari
bo‘yicha o‘rinbosarlari, o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘limi mudirlari,
«O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi DSENM, Favqulodda vaziyatlar,
Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari,Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat
chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi, «O‘zbekiston temir yo‘llari” DATYK SESning
ma’sul xodimlari va mutaxassislari ishtirok etishdi. Batafsil »

O‘tkir diareya kasalliklari va ularning profilaktikasi

Yilning issiq kunlarida aholi, ayniqsa bolalar orasida o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari tez – tez uchrab turadi. O‘tkir yuqumli ichak kasalliklariga qorin tifi, paratiflar, salmonellyoz, ichburug‘, virusli gepatitning «A” turi, vabo va boshqa bir qator o‘tkir yuqumli kasalliklar kiradi.

Bu kasalliklarni tashqi muhitga ancha chidamli bo‘lgan bakteriyalar va viruslar qo‘zg‘atadi.

O‘tkir yuqumli ichak kasalliklarida kasallik qo‘zg‘atuvchilarining manbai bemor va bakteriyatashuvchilar hisoblanadi. Ular qo‘zg‘atuvchilarni tashqi muhitga asosan o‘zlarining ahlatlari bilan chiqaradi va atrof muhitni shu kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari bilan ifloslantiradi.

Ichburug‘ kasalligi bilan og‘rigan bemorning 1 gr. ahlatida milliongacha, qorin tifi bilan og‘rigan bemorning 1gr. ahlatida 10 million donagacha kasallik tarqatuvchi bakteriyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘zg‘atuvchilarning barchasi tashqi muhitga chidamli bo‘ladi. Kasallikning yuqish omillariga suv va oziq – ovqat mahsulotlari kiradi.

Batafsil »

Quturish — bedavo dard ekanligini bir lahza ham unutmaylik!

Quturish-barcha issiqqonli hayvonlarda va odamlarda uchraydigan bedavo o‘ta xavfli yuqumli kasallikdir.

Ushbu kasallik odamlarga asosan quturgan itlar va mushuklarning, shuningdek yovvoyi hayvonlarning (bo‘ri, chiyabo‘ri, tulki va boshqalar) tishlashi (tirnashi, sulaklashi) natijasida hayvonlarning so‘lagi orqali odamlarga yuqadi. Kasallikni qo‘zg‘atuvchi virus quturgan hayvonlar so‘lagida bo‘ladi.

Respublikamizda odam uchun kasallikning etakchi manbai – itlar hisoblanadi. Oxirgi yillarda quturish kasalligiga chalingan odamlarning 95 foizida itlar va 5 foizida esa boshqa hayvonlar kasallik manbai bo‘lgan.

Kasallik hayvonlardan hayvonlarga va hayvonlardan odamlarga yuqadi. Quturish odamdan odamga va odamlardan hayvonlarga yuqmaydi. Batafsil »

Bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish oromgohlari

“Bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish oromgohlari” bo‘yicha eslatmalar to’plami ishlab chiqilgan.

Bolalar hayoti va sog’lig’ining xavfsizligini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan yozgi “Bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish oromgohlari” bo‘yicha eslatmalar to’plami ishlab chiqilgan.
Eslatma tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini tashish va saqlash, oshxonada brakeraj o‘tkazish, menyu tuzish va taomlarni tarqatish qoidalari, bolalarni ovqatlantirish ustidan nazoratni olib borish tartibi, shuningdek yuqumli kasalliklar bilan og’rish va ovqatdan zaharlanishning oldini olish tadbirlarini o’z ichiga olgan.
Ushbu eslatma bolalar oromgohlarining rahbarlari, tibbiyot xodimlari, oshpazlari va ekspeditorlari uchun Sog‘likni saqlash vazirligining “Shahardan tashqarida bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlarining tuzilishi, tarkibi va tartibini tashkillashtirishning sanitariya qoidalari” 286-10-sonli SanQvaM asosida tayyorlangan.

Virusologiya taxlilgoxida PTSR metodi orqali virusli gepatit S zardobidan RNK ajratish jarayoni

image002

 

Virusologiya taxlilgoxida PTSR metodi orqali virusli gepatit S zardobidan RNK ajratish jarayoni

Viloyat DSENM bakteriologiya taxlilgoxida tibbiy anjom va shisha idishlarni sterillash xonasida avtoklavda ishlash jarayoni

image002

 

Filtr yordamida suvda sanitariya bakteriologiya tekshirishlar,

image004

 

Laminariya boqichida ashyolarni zararsizlantirish taxlillarni o‘tkazish,

image006

 

Ichak infektsiyalari bosqichida ashyolarini ekish,

image008

 

Tayyor mazoklarni mikroskop yordamida ko‘rish

image009

Viloyat DSENM O’XYUK taxlilgoxida ozuqa muxitlarini sterillash xonasida avtoklavda ishlash jarayoni.

image006

 

Viloyat DSENM O’XYUK taxlilgoxida ozuqa muxitlarini sterillash xonasida avtoklavda ishlash jarayoni.

image008

Viloyat DSENM O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar taxlilgoxida Qora oqsoq kasalligiga tekshirish uchun keltirilgan sut namunalarini bakteriologik tekshirish uchun ozuqa muxitiga ekish jarayoni.

image002

 

Viloyat DSENM O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar taxlilgoxida Qora oqsoq kasalligiga tekshirish uchun keltirilgan sut namunalarini bakteriologik tekshirish uchun ozuqa muxitiga ekish jarayoni.

image004

 

 

Sanitariya gelmintologiya bo‘yicha ichimlik suvida gijja tuxumlarini aniqlayapdi.

image006

 

Sanitariya gelmintologiya bo‘yicha ichimlik suvida gijja tuxumlarini aniqlayapdi.

image003

Viloyat DSENM parazitologiya taxlilgoxida Fyulleborn uslubi bo‘yicha gijja tuxumlarini aniqlayapdi.

 

 

Viloyat DSENM parazitologiya taxlilgoxida Fyulleborn uslubi bo‘yicha gijja tuxumlarini aniqlayapdi.