DSENM nizomi

O’zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati

Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati Markazi «DSENM»ning

NIZOMI

1.Umumiy qoidalar.

1.1.Ushbu nizom O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolar
sog’ligini saqlash to’grisida»gi va «Davlat sanitariya nazorati to’grisida»gi Qonunlari,
Respublika Prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi №2107-PF sonli «O’zbekiston
Respublikasi sog’liqni saqlash tizimini islox qilish to’g’risida»gi Farmoni asosida ishlab chiqilgan bo’lib, Xorazm viloyati
Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati Markazining (keyinchalik DSENM deyiladi)
tashkiliy faoliyati asoslarini, makomini, burchi va vazifalarini, funktsiyalari va
statuslarini belgilaydi.

1.2.Viloyat DSENM shaxar va tumanlardagi xududiy
DSENMlarining faoliyatini boshkaruv va nazorati organi bulib ma’muriy
munosabatlar buyicha viloyat xokimligiga va unga karashli bulgan viloyat soglikni
saklash boshkarmasiga, Respublika soglikni saklash vazirligiga, Davlat sanitariya-
epidemiologiya nazoratini masalalari buyicha Respublika Bosh Davlat sanitariya
vrachiga, Uzbekiston Respublikasi soglikni saklash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya
nazorati markaziga buysunadi.

Viloyat DSENM uzining ish faoliyatini Davlat boshkaruvi,
ijroya va jamoat tashkilotlari bilan xamkorlikda olib boradi. Uzbekiston
Respublikasi SSVning Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati Departamenti, Bosh
Boshkarmalari va bulimlari, ilmiy tadkikot institutlari, tibbiyot oliygoxlari va
urta tibbiy bilim yurtlari, xukumat idoralari, muassasalar, tashkilotlar va
jamoat tashkilotlari bilan xamkorlikda, xamda ular bilan tuzilgan shartnomalar
asosida ish olib boradi.

Viloyat DSENM viloyat xududida joylashgan, kaysi idoraga
buysunishidan va mulkchilik shaklidan kat’iy nazar xukukmat idoralari,
muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va xususiy tashkilotlar va aloxida
shaxslarning sanitariya me’yorlari, koidalari, sanitariya-epidemiologiya talablariga
rioya etishlari ustidan Davlat sanitariya nazoratini olib boradi.

Shaxar, tuman DSENMlari sanitariya-epidemiologiya
masalalari buyicha viloyat DSENMga buysunadi.

1.3.Viloyat DSENM Uzbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, Uzbekiston Respublikasining «Davlat sanitariya nazorati
tugrisida»gi Konuni, Uzbekiston Respublikasi Oliy majlisining konun va aktlari,
Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Farmoyishlari, Respublika
Vazirlar Maxkamasining karor va Farmoyishlari, Respublika Soglikni saklash Vazirligining
buyrugi va me’yoriy xujjatlari, Uzbekiston Respublikasi xududida xarakatda
bulgan xalkaro konun me’yorlari xamda mazkur Nizom asosida faoliyat kursatadi.

1.4.Viloyat DSENM uzining shaxar, tuman DSENmlari bilan
viloyatda Uzbekiston Respublikasi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat
tizimini tashkil kiladi.

1.5.Viloyat DSENM byudjet mablagi xisobidan
moliyalashtiriladi, xujalik shartnomasi asosida topilgan mablaglari kushimcha
daromad xisoblanadi, mustakil xarajatlar kilishga, shaxsiy jamgarmasiga ega,
xukukiy jixatdan mustakil, viloyat xududida Davlat sanitariya nazoratini olib
borilishida shaxar, tuman Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining
faoliyatlarini muvofiklashtirib boradi, ularga tashkiliy-uslubiy va amaliy yordam
kursatadi.

Uzining moddiy mulkiga ega. Aloxida balansiga,
banklarda xisob-kitob rakamlariga, Uzbekiston Respublikasi Davlat Gerbi va
uzining nomi tushirilgan muxriga, Davlat sanitariya nazoratini olib borish uchun
muxrlariga, shtampiga va xizmat yozishmalari uchun xizmat blankalariga ega.

1.6.Viloyat DSENM uz nomidan davlat va nodavlat
tashkilotlar, muassasalar, korxonalar va boshka xujalik yurituvchi sub’ektlar,
yuridik shaxslar bilan uzaro shartnomalar va bitimlar tuzish, xir xil jixozlar,
asbob-uskunalar, tibbiy anjomlar, virusli va bakterial preparatlar, reaktivlar
sotib olishi, vazifalarini bajarilishi, xujalik va boshka sudlarda da’vogar va
javobgar sifatida katnashishi mumkin.

 

2.Viloyat DSENMning asosiy burchlari.

2.1.Mutasaddi davlat tashkilotlari bilan xamkorlikda
viloyat axolisining sanitariya epidemiologiya xavfsizlikni ta’minlash, viloyat
xududiga karantin va uta xavfli yukumli kasalliklarni kirib kelishiga va
tarkalishiga yul kuymaslik.

2.2.Xalk xujalik inshoatlarini rejalashtirish,
joylashtirish, loyixalash, kurish, texnologik jixozlash va foydalanishga topshirishda axoli
salomatligiga salbiy ta’sir kursatuvchi tashki muxit omillarini oldini olishga
karatilgan faoliyatini ustuvorligini ta’minlash.

2.3.Axolini sanitariya madaniyatini oshirish.

2.4.Ijtimoiy va ishlab chikarish faoliyatini majburiy
kismi- sanitariya va epidemiyaga karshi tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish
xisoblanadi.

 

3.Viloyat DSENMning vazifalari.

Viloyat DSENMning oldiga kuyilgan burchlariga asosan
kuyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

3.1.Xorazm viloyat DSENM shaxar va tuman DSENMlari
faoliyati ustidan tashkiliy –uslubiy markaz xisoblanadi. Davlat sanitariya
nazorati olib borishda yuzaga kelgan ayrim muammo va kelishmovchiliklarni arbitraj
xakligida yuridik konun va xujjatlarga tayanib xal kiladi.

3.2.Idoralar, korxonalar, tashkilotlar, birlashmalar
kaysi idoraga buysunishidan kat’iy nazar va aloxida shaxslar tomonidan saniatriya
normalari, koidalari va gigienik me’yorlarga rioya etishlari ustidan
ogoxlantiruvchi va joriy sanitariya nazorati olib boradi.

3.3.Sanitariya gigienik profilaktik va epidemiyaga karshi
xamda dezinfektsiya, deratizatsiya chora-tadbirlarini utkazilishi ustidan Davlat
sanitariya nazoratini olib boradi.

3.4.Toksiko-gigienik ekspertizalarni sanitariya,
bakteriologiya, virusologiya, biokimyoviy, parazitologiya, radiologiya
laboratoriyalari va tajriba tekshirishlari yordamida utkazadi.

3.5.Viloyat epidemiyaga karshi kurash favkulodda
komissiyasiga, viloyat tibbiy va sanitariya-epidemiologiya kengashlariga muxokama
kilish uchun ma’lumotlarni tayyorlaydi va kabul kilingan karorlarni bajarilishi
ustidan nazorat kiladi.

3.6.Davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini olib
borish jarayonida yangi usul, ish tajribalarini (jumladan, chet davlatlar ish
tajribalarini) umumlashtiradi va amalga tadbik etadi.

3.7.Xizmat faoliyatida avtomatlashtirilgan tizimlarni
ishlab chikishni tashkil etish va amalga tadbik etishda, sanitariya-epidemiologiya
nazorati yuzasidan kuyilgan vazifalarni xal etishda, tasarrufidagi muassasalar
faoliyatiga axborot ta’minoti tipovoy dasturlarini tadbik etish ustidan nazorat
olib borishda, DSENMlar va boshka tashkilotlarni avtomatlashtirilgan axborot
ta’minotining samarali kursatkichlarini ishlab chikishda, sanitariya-axborot
ta’minoti vazifalariga etakchi ilmiy-tekshirish markazlarini jalb etishda ishtirok
etadi.

3.8.Axolini sanitariya-epidemiologiya barkarorligini
ta’minlashda DSENM laboratoriyalarida metrologiya va standartizatsiya talablariga
rioya kilishi ustidan nazorat olib borish uslublari va shakllarini takomillashtirib
boradi. Laboratoriya kompleksini
attestatsiyadan utkazadi va akkreditatsiyaga tayyorlaydi.

3.9.Viloyat xududiga olib kelinayotgan va olib chikib
ketilayotgan maxsulotlarni tekshirib, gigienik sertifikat beradi.

3.10.Sanitariya-epidemiologiya muassasalarini
moddiy-texnika ta’minoti darajasini mustaxkamlash yuzasidan ish tashkil etadi.

3.11.Demografik kursatkichlar, uta muxim ommaviy,
yukumli, parazitar va kasb kasalliklari kursatkichlari, ovkatdan zaxarlanish
xolatlari, viloyatning sanitariya-epidemiologik xolati, xamda radiatsiya vaziyati
buyicha monitoring asosida ish tashkil etadi, axolii salomatligi xolatini va tashki
muxitning xavfli antropogen ta’sirlarini baxolaydi, soglikni saklash vazirligi
Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati Departamentini, Respublika DSENMni,
xamda viloyat Xokimligini viloyatdagi vaziyatlar tugrisidagi axborot bilan
ta’minlaydi.

3.12.Xalk xujaligi ob’ektlarida axoli salomatligiga
xavf soluvchi nokulay texnogen faktorlarning oldini olish, bartaraf etish
(kamaytirish)ga karatilgan sanitariya-profilaktik va epidemiyaga karshi
tadbirlarning utkazilishini nazorat etadi.

3.13.Tabiiy ofat va avariyalar sodir bulganda ishlab
chikarish korxonalarida, temir yul, xavo, avtomobil transportlari va xalk
xujaligining boshka soxalarida axoli salomatligining muxofazasi buyicha
profilaktik va epidemiyaga karshi tadbirlarni tashkil etadi va utkazilishida
ishtirok etadi.

3.14.Sanitariya-profilaktika muassasalari xodimlarining
ish joylarida uzluksiz malaka oshirishlarini ta’minlaydi.

3.15.Viloyatdagi tibbiyot muassasalarini zarur bulgan
jixozlar, laboratoriya apparatlari, idishlari, asbob-uskunalari, xamda
vaktsinalar, bakteriologik va virusologik preparatlar, diagnostikumlar, ozuka
muxitlari bilan ta’minlanishini muvofiklashtirib turadi.

3.16.Viloyat buyicha virusologik va bakteriologik
preparatlarga bulgan extiyojini urganadi va byudjet xisobiga olish uchun buyurtma
tuzilishini ta’minlaydi, tashki va muruvvat yordamlar xisobiga vaktsinalar bilan
ta’minlashda boshka mablaglardan foydalanadi.

3.17.Tabiiy ofatlar, avariyalar va x.k. natijasida
sodir bulishi mumkin bulgan tashvishli epidemiologik xolatlarni oldini olish uchun
diagnostikumlar, virusli va bakteriologik preparatlar, kimyoviy reaktivlarning
teginmas zaxirasini bulishini ta’minlaydi.

3.18.Sanitariya-epidemiologiya masalalari buyicha
axolidan kelayotgan xat, shikoyat va arizalarni uz vakolat doirasida belgilangan
tartibda kurib chikadi, ularning kelib chikish sabablarini urganadi va bartaraf
etish tadbirlarini amalga oshiradi.

3.19.Sanitariya gigiena va epidemiyaga karshi tadbirlarni
utkazish, atrof-muxitni soglomlashtirish, axolini gigienik saviyasini oshirish,
yukumli va umumiy kasalliklarni kamaytirishda atrof muxit faktorlarini inson
salomatligiga ta’sirini urganish, axolii orasida immunoprofilaktika ishlarini
olib borish va ularning samaradorligini urganish, xalk iste’mol mollarini ishlab
chikarish xamda ularni iste’mol kilishda inson salomatligiga xavfsizligini
ta’minlash uchun tegishli shaxodatnomalar va gigienik sertifikatlar beradi.

3.20.Kuyidagi xollarda ogoxlantiruvchi sanitariya nazorati utkazadi:

a)Kurilish uchun er maydonlari ajratishda, xalk xujaligi
ob’ektlarini loyixalash, kurish va ularni kayta kurib, xamda kayta jixozlash
davrida amaldagi konuniy va me’yoriy xujjatlarga rioya etilishini nazorat kilish
uchun;

b)Yangi kurilgan, kayta kurilgan va kayta jixozlangan
korxonalarni foydalanishga topshirishda amaldagi konuniy va me’yoriy
xujjatlarga amal kilinganligi ustidan
nazorat kilish uchun;

v)Ozik-ovkat maxsulotlari xom ashyosi, kimyoviy polimer
materiali, asbob va uy ruzgor shaxsiy gigiena va sanitariya-texnika uskunalari,
kiyim va shunga uxshash axolii extiyoji uchun ishlab chikarilayotgan maxsulotlarning
sifat ustidan nazorat kilishda ogoxlantiruvchi sanitariya nazorati utkazadi.

3.21.Viloyat DSENM uz faoliyatida kuyidagi asosiy
uslublarni kullaydi:

-nazorat kilayotgan ob’ektlarda sanitariya xolatini
aniklash va buning uchun laboratoriya va apparatura-asboblar yordamida tekshirish
usulini ogoxlantiruvchi va joriy sanitariya nazorati olib borishda atrof muxitning
yukumli kasalliklarni kuzgovchi omillar bilan ifloslanish darajasini aniklashda va
umumiy kasalliklar bilan kasallanishining oldini olish, xamda axolini demografik
uzgarishiga oid ma’lumotlarni urganish, taxlil eti shva xulosa kilishda statistik
usuldan foydalanadi.

3.22.Viloyat DSENM mutaxassislari sanitariya tekshiruv
natijalar buyicha tasdiklangan shaklda dalolatnoma va boshka xujjatlar tuzadi,
sanitariya-gigienik koidalarini buzilish xolati aniklanganda tegishli koida
kursatmalar asosida xujjatlar tayyorlanib chora kurish uchun bosh vrachga takdim
etadi.

3.23.Viloyat DSENM uz vakolati doirasida:

— axolini sanitariya-epidemiologik barkarorligini
ta’minlash maxalliy va Davlat boshkaruv idoralar, xukukni ximoya kilish, Davlat
Solik kumitasi, tabiatni muxofaza kilish va boshka nazorat idoralari, xamda jamoa
birlashmalari bilan xamkorlikda ish olib boradi;

— Davlat idoralari, korxonalari va tashkilotlarga kaysi
idora buysunishdan va mulkchilik shaklidan kat’iy nazar atrof muxitni inson salomatligi uchun xavfli bulgan
omillarini kamaytirish va axoli orasida kasallanishni oldini olish va kamaytirish,
xududlarda karantin va uta xavfli bulgan yukumli kasalliklar tarkalishidan oldini
olish, sanitariya muxofaza tadbirlarini ishlab chikish va amalga oshirish,
sanitariya-gigiena epidemiyaga karshi kurash me’yor va koidalariga rioya etish
masalalarida yuriklar kursatadi;

-kasalliklarni oldini olish va epidemiyaga karshi kurash
tadbirlari amalga oshirish uchun yillik va oylik rejalarini ishlab chikadi va ular
bajarilish choralarini kuradi;

-alokador tashkilotlar, muassasalar bilan birgalikda
sanitariya soglomlashtirish va epidemiyaga karshi kurash tadbir rejalarini ishlab
chikarish;

-nazorat ostidagi ob’ektlarni sanitariya xolatini
yaxshilash uchun reja-topshiriklar ishlab chikadilar va utkazilayotgan tadbirlarni
taxlil kiladi;

-muxitni zararlovchi kimyoviy omillarni aniklaydi va
ularni yukotish buyicha tadbirlar belgilaydi;

-maxalliy xokimiyat va boshkaruv idoralariga sanitariya
soglomlashtirish masalalarini kurib chikish va utkazish uchun taxlillar tayyorlaydi;

-nazoratdagi ob’ektlarda laboratoriya tekshiruvlari va
ulchovlari utkazadi va ularning natijasiga karab xulosa chikaradi;

-yangi tashkiliy va amaliy uslublarni amalda kullaydi,
axolining sanitariya-gigienik bilimlarini oshirishda faol ishtirok etadi.

3.24.Uzbekiston Respublikasi Konunlari asosida boshka
xizmat burchlarini amalga oshiradi.

Viloyat DSENM yukorida kursatib utilganlarga kushimcha
kuyidagi vazifalarni bajaradi:

-ixtisosi va yunalishi buyicha ilmiy tekshirish
institutlari bilan xamkorlikda sanitariya-epidemiologiya ixtisosiga oid konun,
sanitariya me’yorlari va koidalari, normativ aktlar, uslubiy kursatma va
tavsiyanomalar ishlab chikish va ularni amalga tadbik etishda ishtirok etadi;

-xalk xujaligi ob’ektlarini sanitariya-gigiena xolatini
nazorat kilishning samarali kursatkichlari tizimini ishlab chikadi;

-Uzbekiston Respublikasiga Davlat buyurtmasi yuli bilan
keltirilayotgan vaktsinalar, fag, diagnostikumlar, virusologik va bakteriologik
preparatlarni kayd etish xamda sifatini urganish yuzasidan tadkikot ishlarini
utkazadi.

 

4.Viloyat DSENMning xuquqlari.

4.1.Xodimlarni mexnatda erishgan yutuklari uchun
byudjetdan tashkari mablaglar xisobiga ragbatlantirish.

4.2.Davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratiga boglik
muammolarni bartaraf etish maksadida shartnoma asosida ilmiy muassasalar, olimlar
va mutaxassislar (shu jumladan chet elliklar)ni jalb kilish.

4.3.Tashki iktisodiy faoliyat kursatishi va banklar,
boshka kredit muassasalarida konunda belgilangan tartibda valyuta xisob
rakamlariga ega bulish.

4.4.Uzbekiston Respublikasi konunlariga zid
kelmaydigan xolda turli tashkiliy-xukukiy shaklda faoliyat kursatuvchi kichik
korxona yoki xujalik xisobida ish yurituvchi guruxlarni tashkil etish.

4.5.Uz buysinuvidagi muassasalar tomonidan amaldagi
konunlarga zid chikarilgan buyruklarni bekor kilish.

4.6.Uz buysinuvidagi muassasalardan, Davlat boshkaruv
idoralaridan, mulkchilikning shakllaridan kat’iy nazar, korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar va birlashmalardan viloyat DSENMga kuyilgan vazifalarni bajarish uchun
zarur bulgan ma’lumot va xujjatlarni talab kilish.

4.7.Viloyat Xokimligi koshidagi viloyat epidemiyaga karshi
kurash favkulodda komissiyasiga muxokama kilish uchun viloyatdagi sanitariya-epidemiologiya
vaziyatlar bilan boglik masalalarni kiritish.

4.8.Viloyat DSENMning asosiy xukuklari Uzbekiston
Respublikasi «Davlat sanitariya nazorati tugrisida»gi Konunining 27-moddasi va
shu moddaning «G», «J», «I» bandlarida belgilangan xukuklardan bosh vrachning
muovinlari, sanitariya vrachlari, epidemiologlar, vrach-laborantlar, muxandislar,
sanitariya vrachi yordamchilari, xamda vrach-epidemiolog yordamchilari xam
foydalaniladilar.

Sanitariya-gigiena va epidemiyaga karshi kurash koida va
me’yorlarini buzganligi uchun ma’muriy javobgarlik choralari yukorida kayd etilgan
konunning 30-moddasida belgilangan.

4.9.Viloyat DSENM jamoa a’zolarining xukuklari:

— uz mutaxassisligi buyicha ish bilan ta’minlanish;

— kilingan mexnat evaziga maosh olish;

— DSENM faoliyatini yaxshilash borasida takliflar
bildirish;

— DSENM raxbariyatlari lavozimlariga tayinlanish;

— mexnat ta’tilidan va boshka imtiyozlardan foydalanish.

 

5.Viloyat DSENMning faoliyatini tashkil etilishi.

5.1.Viloyat DSENM faoliyatiga Bosh vrach-Viloyat Bosh Davlat
sanitariya vrachi raxbarlik kiladi. Bosh vrach Respublika Bosh Davlat sanitariya
vrachi, soglikni saklash vaziri muovini tomonidan tayinlanadi. Viloyat DSENM Bosh
vrachining muovinlari Respublika Bosh Davlat sanitariya vrachi bilan kelishgan xolda
Viloyat Bosh Davlat sanitariya vrachi tomonidan tayinlanadilar va vazifasidan ozod
etiladilar.

5.2.Shaxar, tuman DSENM faoliyatini Bosh vrachlari- shaxar,
tuman Bosh Davlat sanitariya vrachlari boshkaradi va ular Viloyat Bosh Davlat
sanitariya vrachi tomonidan Respublika Bosh Davlat sanitariya vrachi bilan
kelishilgan xolda tayinlanadilar va vazifasidan ozod etiladilar.

5.3.Viloyat DSENMning Bosh vrachi viloyat DSENMning
burchlari va vazifalarini ta’minlash uchun shaxsan ma’suldir.

5.4.DSENM bosh vrachlari Uzbekiston Respublikasining
1992 yil 3 iyuldagi №657-XII sonli «Davlat
sanitariya nazorati tugrisida»gi Konuni, Uzbekiston Respublikasi Prezidentining
1998 yil 2 martdagi «Sanitariya konunlarini buzganlik uchun javobgarlikni
kuchaytirish tugrisida»gi PF-1933-sonli va 1998 yil 19 noyabrdagi «Xujalik
sub’ektlarini tekshirilishini tartibga solish tugrisida»gi PF-2114-sonli
Farmonlari, Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 8 apreldagi
«Davlat sanitariya nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tugrisida»gi
147-sonli, 1998 yil 27 noyabrdagi «Xujalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatlarini
tekshirishni tartibga solish tugrisida»gi 496-sonli Karorlari, boshka konuniy
xujjatlarni ushbu Nizomda kayd kilingan xukuklardan foydalanadilar.

5.5.Viloyat DSENM raxbar xodilarining vazifalari
Uzbekiston Respublikasining «Davlat sanitariya nazorati tugrisida»gi Konun,
DSENM bosh vrachi tomonidan tasdiklangan raxbarlik yuriknomalari va soglikni
saklash vazirligi tomonidan tasdiklangan «Mutaxassislar tugrisida»gi Nizom
buyicha belgilanadi.

 

6.Viloyat DSENM faoliyatini rejalashtirish.

6.1.Viloyat DSENM faoliyatini tashkil etish va
rejalashtirishning bosh shakli shu muassasa tomonidan mustakil ishlab chikilgan
mukobil va joriy ish rejalaridir.

6.2.Muassasa tomonidan ishni rejalashtirish ish faoliyati
sifat kursatkichlari, xajmi, bajariladigan ish turlari, fondlar, texnika va
apparaturalar bilan ta’minlanishi, material-texnik bazani boshka kursatkichlari
asosida ishlab chikiladi.

6.3.Ishni rejalashtirishda yukori boshkaruv organlaridan
olingan bajarilgan ish natijalari xakida ma’lumotlar, nazorat kursatkichlari,
davlat buyurtmasi, uzok muddatlarga muljallangan iktisodiy me’yor va limitlar
asos sifatida foydalaniladi. Nazorat kursatkichlari direktiv tavsifga ega
bulmaydi, balki muassasa faoliyatining yakuniy natijalarini uz ichiga oladi:

-muassasa xizmat kiladigan axolii soni va tarkibi;

-bajarilgan ish xajmi va sifati;

-muassasaning texnika va transport bilan belgilash;

-mexnat jamoasining ijtimoiy rivojlantirish
kursatkichlarini anik sonlarini Respublika soglikni saklash vazirligi tomonidan
tibbiyot muassasalari faoliyatini rejalashtirish tugrisidagi yuriknomada belgilab
beriladi.

 

7.Viloyat DSENMning mablag`lari.

7.1.Viloyat DSENM faoliyati va sanitariya-profilaktika
tadbirlarini otkazish uchun viloyat byudjetidan belgilangan me’yor boyicha mablag`lar
bilan ta’minlanadi. Viloyat DSENM viloyat byudjetidagi yillik mablag`i  viloyat Xokimligining
sogliqni saqlash boshqarmasi tizimiga ajratgan mablag`ining 10 foizini tashkil
etadi. DSENMning xojalik shartnomasi asosida topgan mablag`lari byudjetdan
berilgan mablag`ning 40-60 foizini tashkil etishi mumkin.

7.2.Viloyat DSENMning byudjetdan tashkari mablaglari
manbalari:-tashkilot, korxona va muassasalardan shartnoma asosida va jismoniy
shaxslarning arizasiga binoan bajarilgan ishlar uchun tushgan mablaglar;

-yukori boshkaruv organi taksimoti buyicha vaktincha
mexnat kobiliyatini yukotish bilan boglik kasallanishga utkazilgan davlat ijtimoiy
sugurtasiga ajratilgan mablagni iktisod kilingan kismi;

-tashkilot, korxona, muassasa, jamoa xujaliklari,
mansabdor shaxs va yukarolarga kullanilgan iktisodiy sanktsiyalardan tushgan
mablaglar;

-konsultatsiya va ekspert ishlari, laboratoriya va eksperimental tekshirishlar,
dezinsektsiya, dezinfektsiya, deratizatsiya ishlaridan tushgan mablaglar;

-ijaraga bergan vositalar, eskirgan, foydalanilmay
yotgan va ishdan chikkan jixozlarni sotishdan tushgan mablaglar;

-atrof muxitni ifloslantirayotgan korxonalarni tabiatni
kuriklar fondidan utkazilgan mablaglar;

-shartnoma talablarini bajarmagan korxona,
tashkilotlardan undirilgan mablaglar;

boshka mablaglar (jamoa tashkilotlari, jamiyatlari,
aloxida shaxslardan, muruvvat yordami va boshkalar)

 

YIII.Viloyat DSENMning fondlari.

8.1.Tanlangan xujalik yuritish shakliga kura DSENM
kuyidagi fondlarni

— ish xaki fondi;

— ishlab chikarish va ijtimoiy rivojlantirish fondi;

— moddiy ragbatlantirish fondi;

— ish xaki tulash yagona fondi;

— muassasa zaxirasi (rezerv) fondi tashkil etishi
mumkin.

8.2.Ishlab chikarish va rivojlantirish fondida mablag
etishmagan muassasa banklardan karz olishi, shuningdek boshka fondlardan foydalanish
mumkin.

8.3.DSENMning foydalanilmagan mablagini olib kuyish
mumkin emas kelgusi yilda belgilangan tartibda foydalanadi. Bu mablaglar
kelgusi yili mablag bilan ta’minlash xajmini aniklashga ta’sir kilmaydi.

 

IX.Viloyat DSENMda mexnat va ish xaki.

9.1.DSENM xar bir xodimining faoliyatida yukori samaraga
erishish mexnat imkoniyalaridan foydalanadi.

9.2.Ish vaktining yukolishini taxlil kiladi va uni
bartaraf kilish choralarini kuradi.

9.3.Ish joylarini takomillashtirib, ish joylarini
attestatsiyadan utkazish, ularning zaruriy mikdorini belgilaydi.

9.4.Ish vaktini xisobga olish tartibini belgilaydi,
amaldagi konunga muvofik kushimcha ta’tillar davomiyligini aniklaydi.

9.5.Xar bir xodimni oshkoralik asosida mexnatdagi
ulushiga xakkoniy berilishini ta’minlaydi.

9.6.Mexnat samaradorligini oshirish maksadida, mexnat
natijalariga kizikishini va javobgarligini oshirish uchun, xodimlar tomonidan
muassasaning ishlab chikarish vositalarini kullashga nisbatan xodimlar xujalik
munosabatlarini shakllantirish, mexnatni rivojlantirilishi (brigada pudrati
boshkalar) amalga oshiradi.

 

X.Viloyat DSENMning kadrlari.

10.1.DSENM kadrlarni tanlash, tarbiyalash, joy-joyiga
kuyish ishlarini amalga oshiradi. Joriy va perspektiv mexnat resurslariga bulgan
extiyojni aniklaydi. Ish urinlarini band etish choralarini kuradi.

10.2.DSENM kadrlarni ish maxoratini ogishmay ustirish,
siyosiy, umumta’lim, madaniy darajasini oshirish, ishlab chikarish zarurati va
xodimning ixtisosini xisobga olgan xolda ish joyini uzgartirish yuzasidan doimo
gamgurlik kilib boradi.

10.3.DSENM raxbar kadrlarni va mutaxassislarni ish
sifatini samaradorligini oshirish, kadrlarni tanlash, tarbiyalash va joy-joyiga
kuyilishini yaxshilash, mexnat xaki bilan mexnat natijalari urtasidagi uzviy
alokani ta’minlash uchun ularni attestatsiyadan utkazadi. Attestatsiya natijalari
buyicha raxbar va mutaxassis kadrlarni oylik maoshlarini oshirish yoki kamaytirish,
oylik maoshiga tulanadigan ustama xakni bekor kilish yoki uzgartirish, belgilash, lavozimini
kutarish yoki lavozimidan ozod kilish xakida karor kabul kiladi.

 

XI.Viloyat
DSENMning moddiy-texnika bazasi vositalari.

11.1Viloyat DSENMning moddiy-texnika bazasi va
vositalari, shuningdek, mulki asosiy fondni tashkil etadi. DSENM shu mulkka egalik
kilish, foydalanish va taksimlash xukukiga ega. DSENM asosiy fonddan foydalanish
samaradorligini oshiradi, moddiy-texnika bazasini takomillashtirish asosida doimo
rivojlantirishni ta’minlaydi.

11.2.DSENM moddiy-texnika bazasidan tula foydalanish
maksadida mexnat jamoasi va kasaba uyushmasi bilan kelishgan xolda ish tartibini
uzgartirish xukukiga ega.

 

XII.Viloyat DSENMning
moddiy-texnika ta’minoti.

12.1.Viloyat DSENM uzining va ijtimoiy rivojlantirish
rejasiga msuvofik turli resurslarga bulgan extiyojini aniklaydi va markazlashgan
yoki ulgurji savdo yuli bilan sotib oladi, ulgurji savdo yuli bilan limitsiz
(fondsiz) uzining buyurtmasiga muvofik korxona va boshka moddiy-texnika ta’minoti
yoki maxsulot ishlab chikaruvchilardan shartnoma asosida moddiy resurslarni sotib
oladi.

MArkazlashgan tartibda DSENMdagi ayrim moddiy resurslar
limit (fond) asosida ajratiladi; mustakil ravishda maxsulot ishlab chikaruvchi
(etkazib beruvchi) bilan shartnoma asosida maxsulot turlarini va etkazib berish
muddatini aniklaydi.

Viloyat DSENM buyurtmasi buyicha, xujalik xisobida olib
borilayotgan kurilishlarni, moddiy-texnika ta’minoti tashkilotlari tomonidan
mablag bilan ta’minlash manbalaridan kat’iy nazar amalga oshiradi.

12.2.Viloyat DSENM moddiy ta’minot organlari bilan
kompleks ta’minotni tashkil etish, texnika vositalarini prokatga olish,
ma’lumotlar ta’minoti va xizmat turlarini bajarish uchun shartnoma tuzish xukukiga
ega.

12.3.Viloyat DSENMga maxsulotlarni etkazib berish
davrida amaldagi davlat standartlarini, texnik shartlar va tuzilgan shartnomaga
muvofik shungdek, DSENMga sifatsiz loyixa va texnik xujjatlar takdim etilganda
etkazib beruvchi bilan tuzilgan shartnomani bir tomonlama bekor kilish yoki
loyixalovchilar, etkazib beruvchilardan etkazilgan zararni koplashni talab kilish
xukukiga ega.

 

XIII.Nazorat, xisobot va xisob yuritish.

 

13.1.Olib
borilayotgan ishlarni samarali boshkarilishini ta’minlash maksadida, faoliyatni
taxlil kilish, muassasada kelib chikishi mumkin bulgan nomuvofikliklarni oldini
olish ish natijalarini xisobini va nazoratini olib boradi, tezkor, xisob-kitob
(buxgalteriya) statistik xisobot yuritadi.

13.2.Zamonaviy xisoblash texnikasini keng kullab xisob
yuritish va ma’lumotlarni taxlil kilish buyicha ilgor shakl va uslublardan
foydalanadi.

13.3.Belgilangan tartib va muddatlarda tegishli
organlarga xakkoniyligini ta’minlagan xolda xisobotlarni tuzadi va takdim
etadi. Belgilangan tartibda boshka xar kanday xisobotlarni talab eti shva takdim
etish takiklanadi.

13.4.Viloyat DSENM faoliyatini taftish kilish va nazorati
amaldagi konun, nizomlarga muvofik amalga oshiriladi. Barcha turdagi reviziya va
tekshirishlar DSENM ish faoliyatini me’yoriy maromini va ish samaradorligini
buzmasligi va faoliyat olib borishiga xamkorlik kilishi lozim. Reviziya va
tekshirishlar natijalari mexnat jamoasining umumiy yigilishida muxokama kilinadi.

 

XIY.Viloyat DSENMning xujalik faoliyati.

14.1.DSENMning moliyaviy xujalik faoliyatini viloyat
Soglikni saklash bulimi va viloyat Moliya bulimi nazorat-taftish komissiyasi
tomonidan nazorat kiladi.

14.2.Pul mablaglarini bank orkali tashkilotlarga
utkazish va bankdan ish xaki va boshka maksadlarga xisob-kitob cheki bilan
olinadigan mablaglar DSENM bosh vrachi va bosh xisobchining imzosiga asoslangan
xolda amalga oshiriladi.

14.3.DSENM uz faoliyati davomida kerakli jixoz, uskuna,
asbob va binolardan foydalangan xolda axolii extiyojlarini inobatga olib
Respublikadagi mavjud konunlar va kursatmalar bilan tasdiklangan xujjatlar
asosida va kelishilganbaxoda xizmat kursatadi.

14.4.Uz faoliyatida transport va boshka jixozlardan
foydalanadi.

14.5.Davlat jamoa tashkiloilari bilan shartnomalar
tuzadi va uni Nizom talablariga asosan amalga oshiradi.

14.6.DSENM buxgalteriya xisob-kitob ishlarini uz vaktida
olib boradi va uning tugriligiga kafolat beradi.

14.7.DSENM belgilangan tartibda moddiy boyliklarni
(agar turgan va ma’naviy eskirgan bulsa) balans xisobidan chikarish xukukiga ega.

14.8.DSENM xar kanday xizmatni buyurtmachi bilan
kelishilgan xolda shartnoma asosida olib boradi.

14.9.DSENM maksadlarini amalga oshirish uchun kuyidagi
sarflarni kiladi:

— ishchi va xizmatchilarga xak tulaydi, iktisod kilingan
mablag xisobidan mukofotlar tulaydi;

— ijtimoiy sugurtalarga mablaglar utkazadi, xizmat
safari va ijobiy sayoxat xarajatlariga mablag tulaydi.

— kommunal xizmatlariga ishchi va xizmatchilarni ijtimoiy
muxofaza kilishga yillik tasdiklangan smeta-loyixalar asosida mablaglar
utkazadi.

 

XY.Viloyat DSENM faoliyatini tuxtatish, uzgartirish yoki
kayta tashkil etish.

Viloyat DSENMning faoliyatini tuxtatish, uzgartirish yoki
kayta tiklash Uzbekiston Respublikasi soglikni saklash vazirligi va Respublika
Bosh Davlat sanitariya vrachi tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu
Nizom Uzbekiston Respublikasi SSVning 1999 yil 2 dekabrdagi 710-sonli buyrugi
asosida kayta ishlangan va Xorazm viloyati DSENM mexnat jamoasi, xamda barcha
tuman, shaxar DSENMi bilan birgalikda utkazgan umumiy yigilishida muxokama
kilinib tasdiklangan.