Virusologiya laboratoriyasi

          VIRUSOLOGIYA TO`G`RISIDA

1.Virusologiya laboratoriyasining vazifalari nimadan iborat ?- atrof muxitdagi ichimlik suvi, ochiq suv xavzalari, surtma va oziq-ovqat maxsulotlarida inson organizmiga ta’sir qilib kasallik chaqiruvchi viruslarni aniqlash va kasallikning kelib chiqishini oldini olish , axolini sog`lom va sifatli ichimlik suvi va oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta’minlash, bemorlarning  va ular bilan muloqatda bolganlarni virusli kasalliklarga o`z vaqtida taxlil qilib, virusli yuqumli kasalliklarni tarqalishini oldini olish .

Virusli gepatit kasalligining markerlarini IFA metodida aniqlash taxlillari o`tkazib turgan tuman DSENM virusologik laboratoriyalari, DPM muassasalarining klinik laboratoriyalari, OITS laboratoriyalaridan keltirilgan  musbat qon zardoblarida arbitraj tekshiruvlar o`tkazish.

Tuman DSENM virusologik laboratoriyalar ish faoliyatini tekshirib nazorat qilish va amaliy yordam ko`rsatish.

Tuman DSENM virusologik laboratorilarini tashkiliy va metodik nazorat qilish.

Tuman DSENM virusologik laboratoriyalarni moddiy-texnik ta’minlanishini, laboratoriyaga kerakli bo`lgan mebel va jixozlar , normativ xujjatlar, reaktivlar, ozuqa muxitlari va  diagnostik preparatlar bilan ta’minlanishini nazorat qilish.

SHahar va tuman DSENM virusologik laboratoriyalari bilan seminarlar o`tkazish, yangi metodik qo`llanmalar, metodik ko`rsatmalar, O`zbekiston Davlat standartlarini ish faoliyati jarayonida ishga tadbik qilish, yangi testlarni baxolash ishlarini amalga oshirish.

SHahar va tuman DSENM laboratoriyalarining yillik xisobotlarini o`rganib, umumlashtirib, laboratoriyalarning ish faoliyatini taxlil qilib, reja grafik asosida keltirilgan taxlillar bo`yicha axborot xatlarni tayyorlanib, kelgusi yil uchun reja grafiklar tuzilib shaxar va tuman DSENMlariga taqdim qilish.

Xorazm viloyat DPMuassasalarini kompleks tekshiruvlarda qatnashish, DPMuassasalarida  joriy epidemiyaga qarshi rejimga amal qilishni nazorat qilish.

Kadrlarni tayyorlash vrach-virusologlar Toshkent shahar VMOI , laborantlarni Xorazm viloyat DSENMda va o`rta tibbiyot xodimlarni malakasini oshirish.

Xorazm viloyat Markaziy rejim tartibot komissiyasining tekshiruvlarida qatnashish.

SHahar va tuman DSENM laboratoriyalarining attestatsiyadan o`tkazish komissiyasida qatnashish.

Kollegii , sanitar-epidemiologik sovetga materiallar, ma’lumotlar tayyorlashda qatnashish.

Virusologik laboratoriyalarning ish faoliyati:

Virusologiya  laboratoriya 2 qismga bo`linadi : virusologik tekshiruvlar va sanitariya –virusologiya tekshiruvlari.

Sanitariya virusologiya –ichimlik suvi, tashqi muxitdagi suv , surtma va  oziq-ovqat maxsulotlari va boshqa ob’ektlarni o`rganib , ularning sanitariya-epidemiologik jihatdan  tozaligini aniqlaydi . (virusli gepatit A, ent eroviruslar, rotoviruslar)

Virusologik tekshiruvlar  — virusli  kasalliklarni aniqlash ,bemorlarning qon zardoblarida virusologik yo`l bilan tekshirish  ishlari bilan mashg`ul bo`ladi .

Virusologik tekshiruvlar;

IFA metodida bemor va bemor bilan muloqatda bo`lganlarda, sog`lom aholi qon zardobida virusli gepatit kasalligining A,V, S, D, E markerlarini taxlil qilish :

Sanitariya-virusologik tekshiruvlar;

O`tkir ichak kasalligi (OKZ) bilan kasallangan bemorlar natijasida enterovirusi rotoviruslarni IFA metodida aniqlash taxlillari.

TORCH infeksiyalarni IFA metodida taxlil qilish:

Grippi O`RVInfeksiyalarini PSR metodida taxlil qilish.

PSR metodida virusli gepatit V, S larni taxlil qilish;

Virusli gepatit kasalligi uchoqlarida ichimlik suvi ,ochiq suv xavzalari, surtma va oziq-ovqat maxsulotlarida IFA metodida gepatit A ni aniqlash taxlillari;

GMO (GO‘M) tekshiruvlar

GMO (GO‘M) – geni o‘zgartirilgan (Genetically Modified) mahsulot yoki organizm bo‘lib, gen muhandisligi usullari yordamida bir organizm DNKsidan bir yoki bir nechta genni boshqa organizm DNKsiga sun’iy ko‘chirish natijasida hosil qilingan tirik organizm. Aniqroq qilib aytganda, gen kodiga begona genlar “yopishtirilgan” organizmdir.

Serologik tekshiruvlar

1 yoshdan  14 yoshgacha bo`lgan qizamik , qizilcha va poliomielitga qarshi emlangan bolalarda va undan yuqori yoshdagilarda qizamik va poliomielit kasalligiga qarshi immunitet tarangligini aniqlash taxlillari.

Xorazm viloyat DSENM virusologiya laboratoriyasida virusli gepatit kasalliklarini V,S turlarini PZT(PSR) metodida sifatiy va miqdoriy aniqlash taxlillari yo`lga qo`yildi, muntazam ravishda PSR diagnostikumlar bilan ta’minlanib turibdi.

PSR metodida grippi O`RVI kasalliklarini taxlil qilish yo`lga qo`yildi.

IFA metodida TORCH infeksiyalarni taxlil qilish yo`lga qo`yildi.

PSR taxlillari o`tkazish xonalarida temperatura rejimini muntazam ravishda saqlash maqsadida (+220 S ) PSR-1, PSR-2 xonalariga konditsionerlarlar qo`yildi (zima- leto).

Virusli gepatit kasaliklarini va TORCH infeksiyalarni IFA metodida taxlil qilish xonalariga temperatura rejimini muntazam ravishda saqlash maqsadida konditsioner(zima-leto), analizlarni va diagnostikumlarni saqlash uchun muzlatgichli sovutgichlar va taxilillarni sifatli o`z vaqtida to`g`ri o`tkazish uchun zamonaviy asbob uskunalar- sentrafuga bilan ta’minlandi.

 Xar bir bo`lim tomonidan fuqarolarga ko`rsatiladigan interaktiv xizmatlar turi.

Xozirgi kunda dolzarb mavzulardan biri bo`lgan virusli gepatit kasalliklarini oldini olish va o`z vaqtida profilaktik chora  tadbirlar o`tkazish maqsadida virusli gepatit kasalliklarini IFA va  PSR uslubida sifatiy va miqdoriy aniqlash taxlillari, TORCH infeksiyalarni IFA usulubida aniqlash taxlilllari yo`lga qo`yildi.

Laboratoriya xodimlari tomonidan taxlil topshirish uchun kelgan xar bir fuqaroga tushuntirish, targ`ibot ishlari olib borilyapti,  virusli gepatit kasaliklarini, TORCH infeksiyalarni IFA  va PSR metodida taxlil qilib o`z vaqtida aniqlash va virusli infeksiya kasalliklarini oldini olish, kelgusidagi ularning asoratlari tushuntirilib davolanish uchun davolash muassasalari mutaxassislariga yuborilib turibdi.

 

DSENM virusologiya laboratoriyasi tomonidan o`tkaziladigan chora tadbirlar

Viloyat DSENM virusologiya taxlilgoxida yil davomida PSR metodida va IFA metodida taxlillar o`tkazilib, ularning taxlil natijalari analiz qilinib,  gripp, O`RVI, virusli gepatit kasalliklarini, rotovirus , enteroviruslarni  oldini olish, ularni axoli o`rtasida tarqalib ketmasligi, axolini sifatli va sog`lom ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida epidemiologiya bo`lim bilan profilaktik chora tadbirlar o`tkazilib turibdi.

Xorazm viloyat DSENM Virusologiya laboratoriyasi 2013 yil davomida shaxar, tuman DSENM tomonidan reja grafikga asosan keltirilgan analizlar va tuman DSENM virusologik laboratoriyalarining yillik xisobotlari bo`yicha, 2013 yil ish faoliyati davomida aniqlangan kamchiliklar ko`rsatilgan xolda, ularni laboratoriya asbob uskunalari va bakpreparatlar, diagnostikumlar bilan ta’minlanishi to`g`risida axborot xatlari va 2014 yilga analizlar olib kelish bo`yicha reja grafiklar tuzilib  shaxar va tuman DSENMlariga yuborildi.

Viloyat DSENM epidemiologiya bo`limi bilan birgalikda virusologiya laboratoriyasi muntazam ravishda UBSH kasalligiga gumon qilingan bemorlardan najas taxlillari olinib Respublika DSENM virusologiya taxlilgoxiga yuborilib turibdi.

Virusologiya laboratoriyasi xodimlari tomonidan axoli o`rtasida sanitariya –okartuv ishlari , virusli infeksiya kasalliklarini profilaktikasi bo`yicha tushuntirish ishlari, seminarlar, suxbatlar o`tkazilib turibdi.