Parazitologiya bo‘limi

Parazitologiya bo‘limi Davlat San epid nazorat markazi tarkibiy qismiga kirib, bo‘limda  vrach – parazitolog, uning yordamchisi, entomolog, vrach laborant va laborantlar faoliyat ko‘rsatib, ular Respublika sog‘likni saklash vazirligi tomonidan tasdiklangan yuriknomalar asosida xar qaysi mutaxassis belgilangan vazifalarni bajaradi. Parazitologiya bo‘limi axoli o‘rtasida parazitar kasalliklarga qarshi qurash chora-tadbirlarini ishlab chikish, ularni amalga oshirish, bajarilishini nazorat kilish, kasalliklarni laboratoriya tashxisi, kasalliklarni oldini olish chora-tadbirlari bilan shug‘ullanadi.

Parazitologiya bo‘limlari laboratoriyalari tomonidan axoli o‘rtasida parazitar kasalliklarni (bezgak, gelmintozlar, ichak soddalari) aniklash maksadida laboratoriya tekshiruvlari utkaziladi. Bu tekshiruvlar pul to‘lash orkali va bepul amalga oshiriladi.

Bezgak kasalligini aniklash uchun o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar bepul o‘tkaziladi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktablarda gijja kasalliklariga rejali tekshiruvlar bepul utkaziladi.

SHuningdek, Respublika soklikni saklash vazirligining buyruklari bilan tasdiklangan davolash profilaktika muassasalarida bezgak, gijja va ichak soddalariga tekshirishlar xam bepul o‘tkaziladi.

Boshka xolatlarda gijjaga va ichak soddalariga tekshiruvlar pullik xizmat xisobidan amalga oshiriladi.