KUYDIRGI O`TA XAVFLI YUQUMLI KASALLIK!

Kuydirgi kasalligi-qo`y-echki, qoramollar va odamlarda uchraydigan o`ta xavfli yuqumli kasallik hisoblanadi.

Kuydirgi kasalligining manbai asosan kasallangan uy hayvonlari: qoramol, ot, qo`y, eshak, tuya,

echki, cho`chqalar va shu bilan birga qon so`ruvchi hasharotlar hisoblanadi. Tabiatda kuydirgi

kasalligi qo`zg`atuvchisining saqlovchisi (rezervuari) tuproq hisoblanadi, aynan tuproq hayvonlarni kuydirgi bakteriyasi bilan ta’minlaydi.

Xayvonlarda kuydirgi kasalligi juda og`ir kechib, tana xarorati to`satdan 40-41o C gacha ko`tariladi,

ichaklardan qon ketib yotib qoladi va bu xolat o`lim bilan yakun topadi.

Kuydirgi kasalligi asosan ushbu kasallik bilan kasallangan xayvonlarni so`yish, terisini shilish,

Go`shtini maydalash, kalla-pocha va oshqozon-ichaklarini tozalash jarayonlarida odamga yuqadi.

Kuydirgi kasalligi xayvonlardan-xayvonlarga, xayvonlardan-odamlarga yuqadi, lekin kasallik

odamdan-odamga yuqmaydi.

Kasallik odamlarda qanday kechadi:

Epidemiologik kuzatuvlar natijalariga ko`ra, odamda uchraydigan xozirgi zamon kuydirgi

kasalligi 99-99,5 foiz hollarda teri shaklida, uchraydi. Kasallikning yashirin davri bir necha soatdan 14 kungacha davom etib, bunda bemorlar shikoyat qilmaydilar. Kuydirgining teri shaklida bemorning tana xarorati ko`tariladi, kuydirgi yarasi og`riqsiz bo`ladi, usti qora po`stloq bilan qoplanib, ko`mir rangiga o`xshaydi, atrofi qizarib, shish paydo bo`ladi.

Kuydirgi yarasi ko`pincha badanning ochiq joylarida (qo`l, yuz, bo`yin va oyoq ) uchraydi.

Ushbu kasallik bilan og`rimaslik uchun qanday choralarni ko`rish zarur?

  • har bir fuqaro shaxsiy qaromog`idagi chorva mollarni veterinariya ko`rigidan o`tkazib,

belgilangan muddatlarda kuydirgiga qarshi emlatish;

  • xayvonlar ўrtasida kuydirgi kasalligi belgilari kuzatilganda zudlik bilan

veterinariya vrachiga murojaat qilish;

  • kuydirgi bilan kasallangan xayvonlarni veteterinariya vrach ruxsatisiz o`zboshimchalik

bilan so`ymaslik, mollarni faqat qushxonalarda yoki so`yish maydonchalarida so`yish;

  • duch kelgan joylardan go`sht sotib olmaslik, go`shtni go`sht pavilonlaridan yoki go`sht

do`konlaridan xarid qilish;

  • xayvonlarni parvarish qilishda shaxsiy gigiena qoidalariga qat’iy rioya etish;

Yuqorida berilgan tavsiyalarga puxta amal qilgan holda, o`zingizni ushbu noxush xastalikdan

asrang.

Scan10002

Kana chaqishidan extiyot bo`ling!

Yirik va mayda shoxli xayvonlarda uchraydigan kanalar o`ta xavfli yuqumli kasallik xisoblangan

Krim-Kongo gemorragik isitmasi kasalligi virusini saqlovchisi va tashuvchisidir. Ushbu kasallik

bilan faqat odamlar kasallanadi, xayvonlar kasallanishi isbotlanmagan.

Kasallik faoliyati cho`l zonalari, ya’ni tabiiy o`choqlar bilan bog`liq bo`lgan kasb egalarida,

jumladan, cho`ponlar, ularning oila a’zolari, mol boquvchilar, sut sog`uvchilar, ovchilar, qo`ylar

junini qirqimiga vaqtinchalik ishga jalb etilganlarda ko`proq uchrashi aniqlangan. KKGI kasalligi

mavsumiylik xususiyatiga ega bo`lib, yilning aprel oyidan sentyabr oylarigacha bo`lgan davrlarda

ko`proq uchraydi. Kasallikning bunday mavsumiyligi kanalarning faolligi bilan bevosita bog`liq.

Kasallikni yuqish yo`llari:

Ushbu kasallik o`zida gemorragik isitma virusini saqlaydigan kanalarning chaqishi va qo`llarni

kana qoni bilan ifloslanishi natijasida odamlarga yuqadi, bundan tashqari, kasallik sog`lom

odamga shu kasallik bilan og`rigan bemorning qoni orqali xam yuqishi mumkin.

Kasallikning klinik belgilari:

Kasallikninig yashirin davri, ya’ni virusni organizmga kirib, kasallikning ilk alomatlari

Ro`yobga chiqqunga qadar bo`lgan davr bir necha soatdan 7 kungacha, o`rtacha 2-6 kun davom etadi.

Kasallik o`tkir boshlanib, tana xaroratining ko`tarilishi (39-40O C), badanning sovuq qotib qaltirashi, bosh og`rishi, butun tana bo`ylab mushaklarning og`rishi, kasallikning 3-kuniga kelib

badanlarda toshma toshishi, milk, burun, oshkozon-ichaklardan, ayollarda bachadondan qon ketishi

kabi alomatlar bilan namoyon bo`ladi. Ba’zi xolatlarda kasallik og`ir kechib, bemorning hayotiy

muhim a’zolaridan qon ketish natijasida o`lim qayd etiladi.

KKGI kasalligi gemorragik belgilarsiz shaklda xam kechishi mumkin, ya’ni kasallikning bu shaklida

badanda toshmalar toshmaydi, qon talashlar kuzatilmaydi, a’zolardan qon ketmaydi, kasallik

asosan isitma va intoksikasiya alomatlari bilan kechadi.

Scan10004

Scan10003

 

KKGI kasalligining oldini olishda quyidagilar tavsiya etiladi:

— cho`l xududlariga (tabiat kuchog`iga) aprel-iyun, iyul oylarida imkon qadar chiqmaslik;

— cho`l xududlaridan hamda bozorlardan mayda va yirik shoxli mollarni kanaga qarshi ishlov

bermasdan uyga olib kelmaslik;

  • mollarda kana aniqlansa, darxol veterinariya xodimlariga murojaat qilib ularning tavsiyasi

asosida kanalarga qarshi ishlov berish;

— kanalarni qo`l bilan ezib va qaychi bilan kesib o`ldirmaslik;

— qirqim mavsumiga yosh bolalarni, o`smirlarni, ayniqsa, xomilador ayollarni jalb etmaslik;

-qirqim vaqtida faqat maxsus kiyimlardan: qo`lqop, yeng va poychalari mustaxkam berkiladigan shim,

kamzul, rezina etiklardan foydalanish, shaxsiy gigiena koidalariga puxta amal qilish zarur.

Chorva mollarida uchraydigan kanalar – o`ta xavfli yuqumli kasalliklar guruhiga mansub bo`lgan

gemorragik isitma kasalligi qo`zg`atuvchi virusining saqlovchisi va tashuvchisi hisoblanadi.

Hurmatli hamyurtlar!

O`zingiz va yaqinlaringizni kana chaqishidan ehtiyot qiling!

Kana chaqishidan extiyot bo`lish bu KKGI kasalligining oldini olish garovidir!