O’XYK bo’limi

                                                            O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar
Bo‘lim ish faoliyatinining asosiy maqsadi – viloyat aholisini o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘yicha epidemiologik hotirjamligini ta’minlash.
Bo‘limning asosiy vazifasi:
O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘limi viloyat Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi tuzilmasidagi bo‘lim bo‘lib, vabo, o‘lat, tulyaremiya, kuydirgi, qora oqsoq (brutsellyoz), sapa, quturish, ornitoz, toshmali tif, KU isitmasi, virusli gemmoragik isitma kasalliklari, leptospiroz, psevdotuberkulyoz, maymun chechagi, parranda grippi kabi o‘ta havfli va boshqa tabiiy o‘choqlari mavjud hamda epidemik ahamiyatga ega bo‘lgan yuqumli kasalliklarni viloyat hududiga olib kirilishi va tarqalishi oldini olish uchun o‘tkaziladigan tadbirlarga nazorat va tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi. Shuningdek, bu kasalliklarning tarqalishini to‘xtatib qolish va butunlay bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etadi.
Bo‘lim faoliyatinining asosiy yo‘nalishi:
— yuqorida sanab o‘tilgan kasalliklar aniqlanganda bu kasalliklarning tarqalishini to‘xtatib qolish va butunlay bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etish;.
— o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘tkaziladigan seminar va konferentsiyalarda qatnashish
— tibbiyot xodimlarini o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha maxsus dastur asosida tayyorlov va qayta tayyorgarlikdan o‘tkazish;
— o‘z yo‘nalish doirasida hududiy DSENMlar hamda sanitariya nazorat punktlari ish faoliyatiga uslubiy yordam ko‘rsatish;
— o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha loyixa, buyruq, majmuaviy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish;
— aholi o‘rtasida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha sanitariya-targ‘ibot ishlarini uyushtirishda va o‘tkazishda qatnashish.