Epidemiologiya bo’limi

Viloyat DSENM epidemiologiya bo’limi ish faoliyati

Epidemiologiya bo’limi ish faoliyatini «Davlat sanitariya nazorati to’g’risida»gi qonuniga xamda O’zbekiston Respublikasi Sog’likni Saqlash Vazirligi va viloyat hokimligi qarorlari, buyruqlari, yo’riqnomalari va boshqa xujjatlariga muvofiq rejalashtiradi va olib boradi. Yuqumli kasalliklarni oldini olish va kamaytirishga karatilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishda shaxar va tuman DSENMlari epidemiologiya bo’limi ishiga raxbarlik qiladi.
Yuqumli kasalliklarning profilaktikasi masalasi bo’yicha DSENMlari qadrlari malakasini oshirishni tashkil qiladi. Joylarda va mikrouchastkalarda yuqumli kasalliklar tarqalishi bo’yicha nosog’lom vaziyat vujudga kelganda epidemiya xavfi bo’lganda san.gigiena va epidemiyaga qarshi tadbirlar o’tkazishni tashkil etishda konsultativ va amaliy yordam ko’rsatadi. Profilaktik emlash rejalarini umumlashtirish, bakteriyali va virusli preparatlarga buyurtmalar qabul qilish va berishda qatnashadi.
Parazitologiya bo’limi, bakteriologiya, virusologiya laboratoriyalari ish faoliyatlarini nazorat qiladi. Bo’lim xodimlar mexnat va ijro intizomlari uchun xamda yuqori tashkilotlarga ma’lumotnomalar, javob xatlari tayyorlashga va buyruklarning vaqtida bajarilishiga ma’sul. Vazirlar Maxkamasining 147-sonli qarori bo’yicha nazorat olib boradi. Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan xolda viloyat EKKFK, viloyat SSB Xay’at yigilishlariga, Sanepidkengashlariga ma’lumot va qaror loyixalarini tayyorlab, masalalar kiritadi. Bo’limdagi oylik yillik rejalar tuzish, xisobotlarni qabul qilish va tayyorlashni nazorat kiladi. Axoli orasida yukumli kasalliklarning oldini olish mavzusida sanitariya targibot ishlarini olib boradi. Epidemilogiya bulimi ish faoliyatida kuyidagi buyruklar asosida ish olib boradi.
Soglikni Saklash Vazirligini 5.01.2012 yilda chikarilgan 5-sonli «Virusli gepatit bilan kasallanishni kamaytirish choralari xakida»gi buyruklarini kasallik kupaygan tumanlarda davolash profilaktik muassasalari va DSENMlarida bajariladigan profilaktik, epidemiyaga karshi chora-tadbirlarni bajarilishini nazorat kiladi.
Soglikni Saklash Vazirligining 6.10.93 yildagi 491-sonli «Salmonellyoz kasalligiga karshi muxofaza choralarini utkazish xakida»gi va Sog’likni saqlash vazirligining 23.06.93 yilda chikarilgan 292-sonli «Respublikada korin tifi va paratif kasalliklarini kamaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish tugrisida»gi buyruklarini tumanlarda bajarilishini nazorat kiladi.
Sog’likni Saqlash Vazirligining 23.11.1993 yildagi «Sil kasalligiga karshi tibbiy yordamni takomillashtirish xakida»gi 591, 536, 552-sonli buyruklarini, O’zbekiston Respublikasi SSVning 2003 yil 3 apreldagi «Silga karshi kurashish tadbirlarini takomillashtirish to’g’risida»gi 160-sonli buyrugini va sil kasalliklari to’g’risidagi amaldagi SSVning buyruq, qonunlari asosida kasallik ko’paygan shaxar va tumanlarda DPMlari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi.
SSVning 31.03.2010 yilda chikarilgan «O‘zbekiston Respublikasi aholisiga dermatovenerolog xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 99-sonli buyrigini kasallik ko’paygan va aniqlangan xududlarda DMPlar tamonidan olib borilayotgan chora-tadbirlarni nazorat qiladi.