Davolash profilaktika muassasalarini nazorat qilish bo`limi

Xorazm viloyat Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi davolash-profilaktika  muassasalarini nazorat qilish   bo‘limi

NIZOMI

 Umumiy qism

 

1.1. Davolash-profilaktika muassasalarini nazorat qilish bo‘limi DSENMning aloxida mustaqil bo‘limi bo‘lib xisoblanadi.

1.2. Davolash-profilaktika muassasalarini nazorat qilish bo‘limi DSENM bosh vrachiga bo‘ysunadi.

1.3. Davolash-profilaktika muassasalarini nazorat qilish bo‘limi ResDSENM, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent sh. va viloyatlar, shaxar, tuman DSENMlari tarkibida tashkil etiladi.

1.4. Davolash-profilaktika muassasalarini nazorat qilish bo‘limi xodimlari shtati DSENM bosh vrachi buyrug‘i bilan ichki imkoniyatlardan kelib chiqqan xolda belgilanadi:

  1. Bo‘lim mudiri
  2. Vrach-epidemiolog
  3. Sanitariya vrachi
  4. Vrach yordamchisi

1.5. Davolash-profilaktika muassasalarini nazorat qilish bo‘limi xodimlarini ishga tayinlash va vazifasidan ozod qilish DSENM bosh vrachi tomonidan amalga oshiriladi.

1.6. Davolash-profilaktika muassasalarini nazorat qilish bo‘limi o‘z faoliyatini quyidagi xujjatlarga asoslanib yuritadi.

1.6.1. O‘zRning 1992 yil 3 iyul №657-XII-sonli “Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida”gi qonuni;

1.6.2. O‘zRning 1994 yilda chiqarilgan “Fuqarolarni salomatligini muxofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni;

1.6.3. O‘zRning 1998 yil 27noyabrdagi 496-sonli “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat nazorat qilish to‘g‘risida”gi qonuni;

1.6.4. O‘zRning 2013 yil 23 sentyabrdagi 353 –sonli “ odam immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan  kasallik ( OIV infeksiyasi) tarqalishiga  qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonuni;

1.6.5. Viloyat, shaxar va tuman Xokimi tomonidan tasdiqlangan “Viloyat, shaxar, tuman Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati to‘g‘risida”gi Nizomlar;

1.6.6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qonunlari, SSVning me’yoriy xujjatlari va ushbu Nizom;

1.7. Davolash-profilaktika muassasalarini nazorat qilish bo‘limi o‘z ish faoliyatini yillik, chorak va oylik va boshqa ish rejalari asosida DSENMlarning boshqa bo‘limlari, Xokimliklarning Sog‘liqni saqlash Boshqarmalari va bo‘limlari bilan xamkorlikda olib boradi.

1.8. Laboratoriya nazorati o‘tkazish uchun viloyat, shaxar, tuman DSENMlarining laboratoriyalaridan foydalanadi.

Davolash-profilaktika muassasalarini nazorat qilish bo‘limlari 3 toifaga bo‘linadi:

1-toifa – Viloyat markaziy shaxarlari, tumanlari va Toshkent shaxri tumanlari DSENMlari tarkibidagi Davolash-profilaktika muassasalarini nazorat qilish bo‘limi.

2-toifa – Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar, Toshkent sh. DSENMlari tarkibidagi davolash-profilaktika muassasalarini nazorat qilish bo‘limi.

3-toifa – Respublika DSENM tarkibidagi DPM nazorat qilish bo‘limi.

1.9. Amaldagi me’yoriy xujjatlarning (Vazirlar Maxkamasi qarorlari, O‘zR Prezidenti farmonlari, SSVning buyruqlari, SanQM va x.k) bajarilishini nazorati quyidagi tartibda olib boriladi:

ambulatoriya-poliklinika xizmati tizimlarida, travmatologiya, oral-regidratatsiya punktlarida, dispanserlarda DSENMning ushbu tizimda faoliyat yurituvchi bo‘limlari bilan xamkorlikda;

statsionarlarda immunoprofilaktika, parazitologiya, O‘XYUK bo‘limlari xodimlari bilan xamkorlikda;

emlash xonalarida, shu jumladan tug‘ruq komplekslar (bo‘limlari) emlash xonalarida travmatologik yordam ko‘rsatish va xirurgik statsionarlardagi koksholga va quturishga qarshi emlash ishlarini nazorati immunoprofilaktika va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘limlari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

 

II. MAQSADLARI.

 

2.1. Bemorlarga davolash-profilaktika muassasalarida davolanishlari davomida sharoitlarni yaratilishi ustidan nazorat.

2.2. DPMlarda shifoxona ichi infeksiyalarini tarqalishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash, nazorat qilish va amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish.

2.3. DPMlar ishchi-xizmatchilarini mexnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash, nazorat qilish va amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish.

 

III. VAZIFALARI

Viloyat DSENM DPMlarni  nazorat qilish  bo‘limi uchun

3.1. Viloyat Xokimliklari, Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga bo‘ysunuvchi davolash-profilaktika muassasalarida sanitariya-epidemiologik vaziyatni barqarorligini saqlanishini nazorat qilish .

3.2. SHaxar DSENMlari tarkibidagi DPMni nazorat qilish bo‘limlarini xududlardagi davolash-profilaktika muassasalari xodimlarini mexnat sharoitlari yaxshilash, bemorlarga yaratilgan sharoitlarni yaxshilash, ularni ovqatlanishi sifatini oshirish kabi ishlarni yo‘nalishlarini belgilab berish.

3.3. Respublika, viloyat, shaxar va tuman SSBga bo‘ysunuvchi DPMlarda sanitariya-nazorati o‘rnatishda ilg‘or tajriba natijalari, yangi uslublarni tadbiq etish va qo‘llash.

MAJBURIYATLAR.

 

4.1. DPMlarni nazorat qilish bo‘limlariga vazifalariga muvofiq quyidagilar yuklatiladi:

— Respublika, viloyat, shaxar va tuman DPMlarda sanitariya, gigiena, dezinfeksiya, sterilizatsiya va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni o‘tkazilishini nazorat qilish;

— DPMlarda sanitariya-gigienik, dezinfeksiya, sterilizatsiya va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni o‘tkazilishiga qarashli me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqarishda, DPMlarni nazorat qilish bo‘limi faoliyati samaradorligini oshirish, kriteriylarini yaratishda va nazorat qilishda qatnashish;

— DPMlarda shifoxona ichi kasalliklari xolatlarini oldini olishga yo‘naltirilgan profilaktik chora-tadbirlarini o‘tkazishda shaxar va tuman DSENM DPMlarni nazorat qilish bo‘limlariga ( epidemiologiya bo‘limlariga) tashkiliy uslubiy va amaliy yordam berishni amalga oshirish;

— DPMlarning sanitariya-texnik xolatini yaxshilash masalalarida viloyat SSB bilan xamkorlikda sanitar-gigienik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni o‘tkazish;

— Respublika, viloyat, shaxar va tuman DPMlarida (mulkchilik shaklidan qat’iy nazar) murojaat asosida ogoxlantiruvchi sanitariya nazorati o‘tkazish, viloyat xududida joylashgan SSBga bo‘ysunuvchi DPMlar, shuningdek xususiy DPMlar ma’muriyatlari murojaatlari asosida loyixalashtirish, qurish, rekonstruksiya va ishga tushirishning borishi bo‘yicha laborator, instrumental usullardan foydalangan xolda ogoxlantiruvchi sanitariya nazorati olib borish;

— Respublika, viloyat, shaxar va tuman DPMlarida (xususiy DPMlarda Muvofiqlashtirish Kengashi ruxsati bilan) sanitariya qoida va me’yorlarini talablarini, dezinfeksiya, sterilizatsiya va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarini bajarilishi bo‘yicha joriy sanitariya nazorati o‘tkazish;

— instrumental va laborator uslublarni qo‘llagan xolda DPMlarda tayyorlanayotgan va foydalanilayotgan dori shakllarini sterilligi bo‘yicha sanitariya nazorati o‘tkazish;

— instrumental va laborator uslublarni qo‘llagan xolda DPMlarda bemorlarni ovqatlanishini tashkil etilishini, ularni sanitar-gigienik me’yorlarini bajarilishini, tibbiyot xodimlarini mexnat sharoitlarini nazorat qilish va sanitariya nazorati o‘tkazish, oshxonalarda ovqat tayyorlash, tashish, tarqatish jarayoni ustidan va ularning kaloriyasini nazorat qilish, oshxonalarda va ovqat tarqatish xonalarida sanitariya-gigienik qoida va me’yorlariga rioya qilinishini nazorat qilish;

— DPMlar xududida joylashgan va ichki dorixonalarni ishini belgilangan tartibda nazorat qilish;

— O‘zbekiston Respublikasi SSV tomonidan tasdiqlangan xisobot shakllarni o‘z muddatida topshirish;

— O‘zResp SSVning Kollegiya, sanitariya-epidemiologiya va laboratoriya Kengashlari, tibbiyot Kengashlari xamda Xokimiyatlarda ko‘riladigan masalalarga materiallar tayyorlash va qabul qilingan qarorlarni bajarilishini nazorat qilish;

— SHaxar, tuman DSENM vrachlarini kasbiy bilimlari va egallayotgan mansabiga muvofiqligini va nazorat vazifalariga qo‘yilishi bo‘yicha oliy va o‘rta toifa tibbiyot xodimlarini attestatsiyalarda qatnashish;

— Bo‘limga axoliga kelgan xatlar, arizalar va shikoyatlarni Qonuniy xujjatlarga muvofiq ko‘rib chiqish;

— DPMlarda tashqi muxit ob’ektlaridan bakterial ifloslanishni, ovqatlanish xolatini va kasalliklarni retrospektiv taxlil qilish;

— SHaxar, tuman DSENM DPMlarni nazorat qilish bo‘limi faoliyatini nazorat qilish xamda tashkiliy-uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatishni amalga oshirish;

— Respublika, viloyat, shaxar va tuman miqiyosidagi faoliyat yurituvchi DPMlarda sanitariya nazorati olib borish;

— DPMlarda shifoxona ichi infeksiyalarini kelib chiqish sabablarini taxlil qilish va statsionarda shifoxona ichi infeksiyalarini tarqalishini oldini olish bo‘yicha tadbirlarni bajarilish sifatini tanlov asosida nazorat qilish;

— DPMlarda shifoxona ichi infeksiyalarni bitta xolati bo‘yicha va bir vaqtning o‘zida 2 yoki undan ortiq xolatlar yuzaga kelganda tuman va shaxar DSENMlari DPMlarni nazorat qilish bo‘limi xodimlari bilan xamkorlikda epidemiologik surishtiruv ishlarini olib borish;

— SHifoxonalarda shifoxona ichi infeksiyalari bilan kurashish komissiyalarini ish rejalari bilan tanishish, shifoxona ichi infeksiyalari bilan kurashish komissiyalari ishida qatnashish;

— DPMlar pasportida o‘z vaqtida o‘zgartirishlar kiritilishini nazorat qilish;

— Sterilizatsiya oldi tozalov va sterilizatsiya ishlarini o‘tkazilishini nazorat qilish, MSB ishini, steriliazsiya samaradorligini nazorat qilish;

— Tibbiyot va xo‘jalik chiqindilarini yo‘qotilishini nazorat qilish;

— Xar bir DPM bo‘yicha shifoxona ichi infeksiyalarini yuzaga kelish sabablilarini taxlil qilish, ularni yuzaga kelishi oldini olish chora-tadbirlarni nazorat qilish;

— Kamerali zararsizlantirish ishlarini o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishini nazorat qilish;

— DPMlarda mukammal tozalov  ishlari va joriy zararsizlantirish ishlarini nazorat qilish;

— DPM lar kirxonalarida sanitariya qoida va me’yorlariga rioya etilishini, choyshablarni yuvilish sifatini nazorat qilish;

— DPMlarda suv ta’minoti, isitish tizimi, oqava suv tizimi va ventilyasiyani tashkil qilinishi, xonalarning sanitar-gigienik xolati, qattiq va yumshoq jixozlar bilan ta’minlanishini nazorat qilish;

— Xodimlarni tibbiy ko‘riklar va laborator tekshiruvlardan o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishini nazorat qilish;

— DPMlarda ish o‘rinlarida elektromagnit maydon, shovqin, zararli vositalar va b.miqdorini nazorat qilish;

— DPMlar tomonidan dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya ishlarini o‘tkazishga profilaktik dezinfeksiya stansiyalari bilan shartnomalar tuzilishi va ularni o‘tkazilishini nazorat qilish;

— amaldagi buyruqlar, sanitariya qoida va me’yorlarini, instruksiyalarni bajarilishini nazorat qilish;

— o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar yuzaga kelganda chora-tadbirlarni tashkillashtirish bo‘yicha DPMlarda xodimlarni o‘z vaqtida va to‘liq o‘qitilishini nazorat qilish;

— DPMlar epidemiologlariga ish tashkil etishda metodik yordam ko‘rsatish;

Davolash–profilaktika muassasalari xududida joylashgan  dorixonalar  va  ichki dorixonalarni  ishini  belgilangan tartibda nazorat qilish;

— Sog‘liqni saqlash tizimi yuqorida turgan organlari xodimlari bilan amaldagi dekretiv xujjatlar bo‘yicha bilimlarini attestatsiyadan o‘tkazishda qatnashish