DSENM vazifalari

Viloyat DSENMning oldiga quyilgan burchlariga asosan quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

— Sanitariya gigienik profilaktik va epidemiyaga qarshi xamda dezinfektsiya, deratizatsiya chora-tadbirlarini o’tkazilishi ustidan Davlat sanitariya nazoratini olib boradi.

— Toksiko-gigienik ekspertizalarni sanitariya,
bakteriologiya, virusologiya, biokimyoviy, parazitologiya, radiologiya
laboratoriyalari va tajriba tekshirishlari yordamida o’tkazadi.

— Viloyat
epidemiyaga karshi kurash favkulodda komissiyasiga, viloyat tibbiy va
sanitariya-epidemiologiya kengashlariga muxokama kilish uchun ma’lumotlarni
tayyorlaydi va kabul kilingan karorlarni bajarilishi ustidan nazorat kiladi.

— Davlat
sanitariya-epidemiologiya nazoratini olib borish jarayonida yangi usul, ish tajribalarini
(jumladan, chet davlatlar ish tajribalarini) umumlashtiradi va amalga tadbik
etadi.

— Xizmat
faoliyatida avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlab chikishni tashkil etish va amalga
tadbik etishda, sanitariya-epidemiologiya nazorati yuzasidan kuyilgan vazifalarni xal
etishda, tasarrufidagi muassasalar faoliyatiga axborot ta’minoti tipovoy
dasturlarini tadbik etish ustidan nazorat olib borishda, DSENMlar va boshka
tashkilotlarni avtomatlashtirilgan axborot ta’minotining samarali kursatkichlarini
ishlab chikishda, sanitariya-axborot ta’minoti vazifalariga etakchi ilmiy-tekshirish
markazlarini jalb etishda ishtirok etadi.

— Axolini sanitariya-epidemiologiya barkarorligini
ta’minlashda DSENM laboratoriyalarida metrologiya va standartizatsiya talablariga
rioya kilishi ustidan nazorat olib borish uslublari va shakllarini takomillashtirib
boradi. Laboratoriya kompleksini
attestatsiyadan utkazadi va akkreditatsiyaga tayyorlaydi.

— Viloyat xududiga olib kelinayotgan va olib chikib
ketilayotgan maxsulotlarni tekshirib, gigienik sertifikat beradi.


Sanitariya-epidemiologiya muassasalarini moddiy-texnika ta’minoti
darajasini mustaxkamlash yuzasidan ish tashkil
etadi.

— Demografik kursatkichlar, uta muxim ommaviy, yukumli,
parazitar va kasb kasalliklari kursatkichlari, ovkatdan zaxarlanish xolatlari,
viloyatning sanitariya-epidemiologik xolati, xamda radiatsiya vaziyati buyicha
monitoring asosida ish tashkil etadi, axoli salomatligi xolatini va tashki
muxitning xavfli antropogen ta’sirlarini baxolaydi, soglikni saklash vazirligi
Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati Departamentini, Respublika DSENMni,
xamda viloyat Xokimligini viloyatdagi vaziyatlar tugrisidagi axborot bilan
ta’minlaydi.

— Xalk xujaligi ob’ektlarida axoli salomatligiga xavf
soluvchi nokulay texnogen faktorlarning oldini olish, bartaraf etish
(kamaytirish)ga karatilgan sanitariya-profilaktik va epidemiyaga karshi
tadbirlarning utkazilishini nazorat etadi.

— Tabiiy ofat va avariyalar sodir bulganda ishlab
chikarish korxonalarida, temir yul, xavo, avtomobil transportlari va xalk
xujaligining boshka soxalarida axoli salomatligining muxofazasi buyicha
profilaktik va epidemiyaga karshi tadbirlarni tashkil etadi va utkazilishida
ishtirok etadi.


Sanitariya-profilaktika muassasalari xodimlarining ish joylarida uzluksiz
malaka oshirishlarini ta’minlaydi.

— Viloyatdagi tibbiyot muassasalarini zarur bulgan vaktsina
va bakpreparatlar, diagnostikumlar, ozuka muxitlari bilan ta’minlanishini
muvofiklashtirib turadi.

— Viloyat buyicha virusologik va bakteriologik
preparatlarga bulgan extiyojini urganadi va byudjet xisobiga olish uchun buyurtma
tuzilishini ta’minlaydi, tashki va muruvvat yordamlar xisobiga vaktsinalar bilan
ta’minlashda boshka mablaglardan foydalanadi.

— Tabiiy
ofatlar, avariyalar va x.k. natijasida sodir bulishi mumkin bulgan tashvishli
epidemiologik xolatlarni oldini olish uchun diagnostikumlar, virusli va
bakteriologik preparatlar, kimyoviy reaktivlarning teginmas zaxirasini bulishini
ta’minlaydi.

— Sanitariya-epidemiologiya masalalari
buyicha axolidan kelayotgan xat, shikoyat va arizalarni uz vakolat doirasida
belgilangan tartibda kurib chikadi, ularning kelib chikish sabablarini urganadi va
bartaraf etish tadbirlarini amalga oshiradi.

— Uzbekiston Respublikasi Konunlari asosida boshka
xizmat burchlarini amalga oshiradi.